O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy janoblari bilan birgalikda Tashkilotning Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitiga tayyorgarlik jarayonini batafsil ko‘rib chiqdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Shuningdek, IHT doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.
21 sentyabr kuni O‘zbekiston delegasiyasi IHT a’zolarining norasmiy vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda tashkilotning noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan 16-sammitiga tayyorgarlikning borishiga alohida e’tibor qaratildi.