Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda IIV tasarrufidagi «Gulshan» bog‘i o‘rnida klinika quriladi

Toshkentda IIV tasarrufidagi «Gulshan» bog‘i o‘rnida klinika quriladi

Toshkentda IIV tasarrufidagi «Gulshan» bog‘i joyida klinika quriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, hozirgi kunda Toshkent shahri aholisining soni ko‘payib borayotganligi natijasida tibbiyot xizmatlariga ehtiyoj ham ortayotganini inobatga olgan holda Toshkent shahrida 100 foiz davlat tasarrufida bo‘ladigan 4 ta ko‘p tarmoqli klinika qurish ko‘zda tutilgan.

Klinikalar 1-Tibbiyot akademiyasi, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji, 2-Tibbiyot akademiyasi hamda «Gulshan» bog‘i hududlarida barpo etilishi rejalashtirilgan.«Shuni aytish joizki, qurilish-loyiha ishlari bog‘dagi daraxtlarni inobatga olgan holda olib boriladi.

Prezident qarori bilan e’lon qilingan moratoriyga zid kelmagan holda katta daraxtlar joyida qolib, kichik daraxtar perimetr bo‘ylab boshqa joylarga o‘tkaziladi. Buni amalga oshirish maqsadida maxsus texnika xarid qilingan», — deyiladi poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabarida.

Kiritildi: 06:53 16.12.2019. O'qildi: 1475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!