Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda "Hyundai" urib yuborgan fuqaroni "Toyota" bosib ketdi. Fuqaro o‘ldi

Toshkentda "Hyundai" urib yuborgan fuqaroni "Toyota" bosib ketdi. Fuqaro o‘ldi

2022 yilning 05 iyul kuni soat taxminan 00:05 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida, haydovchi 1979 yilda tug‘ilgan Z.YU. «Hyundai Santa Fe» rusumli, davlat raqam belgisi 01 M 014070 bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Zarba natijasida piyoda yiqilgan va bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan M.X. boshqaruvidagi «Toyota» rusumli avtomashina tagida qolib ketgan.

Natijada piyoda, 1980 yilda tug‘ilgan V.S. olgan tan jarahatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Uning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:17 05.07.2022. O'qildi: 5664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!