Joriy yilning 29 fevral – 1 mart kunlari Toshkent shahrida mehmonxona sanoatidagi muhim tadbir – HOTEL BUSINESS FORUM o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Otelerlar assosiasiyasi ko‘magida o‘tkaziladigan makzur tadbir mehmonxona sanoatidagi muhim voqea, kompaniya va yetakchi ekspertlar uchun muloqot va tajriba almashish maydoni bo‘ladi.
Mazkur Xalqaro tadbir 2024 yil 29 fevraldan – 1 martgacha Inter Continental Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi.
Forum innovasion konsepsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni rejalashtirishdan boshlab bozorgacha muvaffaqiyatli biznesga aylantirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, yashil texnologiyalar, franshiza sarmoya daromadlari, axborot texnologiyalarining o‘rni, ekologik jihatlar, mehmonxona biznesida xizmatlarni raqamlashtirish kabi masalalarni yoritish rejalashtirilgan.
Shuningdek tadbir doirasida mehmonxona sanoatidagi eng yaxshilarni aniqlash va mamlakatning turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Milliy mehmondo‘stlik mukofotini topshirish marosimi ham o‘tkaziladi.