Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

A A A
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtda joriy yilning 2 may kuni soat 00:00 dan 7:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

Olmazor tumani:

- “Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Farobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha;

- "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

- “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;

- “Kox-ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

- “Ubay ibn Ka’b” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha;

- "Katta Qozirabod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha;

- “Shayx” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

Uchtepa tumani:

- “Abdullox ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko‘chalari chorrahasigacha;

- “Hazrati Umar” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – YU.Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

- “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –SH.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;

- “Mirzo Yusup” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – A.Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumani:

- “Usmon bin Mag‘zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Cho‘lponota chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

- “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

“Qo‘liq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha.

Sergeli tumani:

- "Kuddus Sharif" masjidi oldidagi Kipchok ku‌chasi - Yangi Sergeli - Kipchok chorraxasidan Kipchok - Xonobod chorrahasigacha.

Kiritildi: 21:10 01.05.2022. O'qildi: 4281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!