Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda “Golden Mega Brick” MCHJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

A A A
Toshkentda “Golden Mega Brick” MCHJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyat prokuraturasi organlari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan doimiy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan nazorat tadbirlari natijasida 14 ta holatda qonunbuzilishi aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Masalan, Ohangaron tumanidagi “Golden Mega Brick” MCHJ rahbari U. tegishli ruxsatnomasiz 1.8 mlrd. so‘mlik qum-shag‘alni o‘zboshimchalik bilan qazib olgan.

Ohangaron tumanidagi “Ahangaran brik” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasi rahbari YU. tegishli ruxsatnomasiz qum-shag‘ar o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamoat manfaatlariga 2.3 mlrd. so‘m zarar yetkazishgan.

Kiritildi: 17:51 23.04.2021. O'qildi: 2638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!