Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda fuqaro tanishining pullarini "pul aylantirish" maqsadida talon-taroj qildi

A A A
Toshkentda fuqaro tanishining pullarini "pul aylantirish" maqsadida talon-taroj qildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Xumson ko‘chasida yashovchi 33 yoshli M.N., Bo‘stonliq tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning oktyabr oyidan 2021 yil 26 dekabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, tanishi 29 yoshli S.D., unga maishiy texnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanishini, ushbu turdagi faoliyati uchun “pul aylantirish” hamda tushgan foydaga sherik qilishni va’da berib, uni aldab, ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan, jami 17.700 AQSh dollari va 183 mln. so‘m miqdoridagi pullarini olib, shu kunga qadar turli bahonalar qilib, pullarni qaytarmay kelayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha M.N.,dan jami olingan pullar S.D. tomonidan qay tarzda va nimalarga ishlatib yuborilganligi aniqlanmoqda.

Kiritildi: 19:25 10.02.2022. O'qildi: 2688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!