Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.M. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan fuqaro SH.YU.ga avtotransport vositasini sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan “Lixiang L9” rusumli avtotransport vositasini garovga taqdim etmasdan fuqaro A.A.ga naqd pulga sotib yuborib, bank manfaatlariga 585,2 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.