Ma’lum qilinishicha, voqea 13 yanvar kuni taxminan soat 23:05 da Chirchiq shahridagi dorixonalardan birida sodir bo‘lgan. Erkak dorixonaga bostirib kirib, pichoq bilan qo‘rqitib, kassadan 700 ming so‘mni olib ketgan.
Hodisa oqibatida sotuvchi jabrlanmagan. Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyatchining shaxsini aniqlagan. U o‘g‘irlik vaqtida mast holatda bo‘lgan 32 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.