Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda yer osti quvuridan gaz sizib chiqishi holati kuzatildi

Toshkentda yer osti quvuridan gaz sizib chiqishi holati kuzatildi

Hodisa Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Tohir Malik va Sultoniya ko‘chalarida kuzatilgan. Shu sababli eskirgan quvurlarni yangilash zarurati yuzaga keldi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt”.

Mas’ul muhandisning Sputnik'ga aytishicha, jarayon davomida aholi gazsiz qolmagan — ishlar gaz bosimini pasaytirish orqali amalga oshirilmoqda.

Er ostidan jami 850 metr quvur olib chiqilgan. Hozirga qadar 800 metr quvur ta’mirlanib, ikkita yangi gerpa o‘rnatilgan. Qolgan 50 metr ustida esa ishlar ikkinchi kun davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 19:41 08.01.2026. O'qildi: 1064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!