13 noyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida ta’mirlash ishlari davomida ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi oqibatida bir nechta ko‘p qavatli uylar va xususiy xonadonlar gazsiz qoldi.
Hodisa Toshkent shahrining Yunusobod tumani 2-daha, 40-uy yaqinidagi o‘rta bosimli yerosti gaz quvurida sodir bo‘lgan. Ekskavator ta’mirlash ishlari vaqtida quvurni shikastlagani sababli gaz sizib chiqishi qayd etilgan.
Avariya oqibatida 2-dahadagi 47 ta ko‘p qavatli uy, 10 ta ulgurji iste’molchi, 3-dahadagi 26 ta ko‘p qavatli uy, 12 ta ulgurji iste’molchi va Malikov ko‘chasidagi 40 ta xususiy xonadon gaz ta’minotisiz qoldi.
«Hududgaz Poytaxt» mutaxassislari bilan hodisa joyiga yetib borib, shikastlangan quvurni ta’mirlash ishlarini boshlagan. Ta’mirlash ishlari tugaganidan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanishi kutilmoqda.
Foto: Energetika vazirligi
Ta’mirlash ishlari bir necha soat ichida yakunlanishi rejalashtirilgan, agar gaz ta’minoti tiklanish vaqti uzoqqa cho‘zilsa, tegishli ma’lumotlar «Hududgaz Poytaxt» rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali yetkaziladi.