Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Malibu-2 transport vositasi haydovchisi YPX inspektorlariga buysunmasdan, davlat raqam belgilarini o‘z boshimchalik yechib, svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.
Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirildi. Ushbu huquqbuzarliklarni 2004 yilda tug‘ilgan X.T. sodir etganligi aniqlanib unga nisbatan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi. Haydovchi va uning yo‘lovchisi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.