Joriy yilning 3 noyabr kuni soat 23:00 atrofida Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasida Cobalt va Mercedes-Benz avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu YTH natijasida Cobalt va Mercedes-Benz haydovchilari va 2 nafar yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.