Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda buzilgan uy-joylar uchun fuqarolarga qariyb 182 mlrd so‘m kompensasiya to‘landi

Toshkentda buzilgan uy-joylar uchun fuqarolarga qariyb 182 mlrd so‘m kompensasiya to‘landi

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituviga 2,8 trln so‘mlik 130 mingdan ortiq ijro hujjatlari kelib tushgan.

Ijro natijalariga ko‘ra, 75 mingdan ortiq ish yakunlangan va 538 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ undirib berilgan.

Fuqarolar va yuridik shaxslarga buzilgan uy-joylari, ishlab chiqarish binolari hamda boshqa inshootlari uchun 63 ta ish doirasida jami 181,8 mlrd so‘m miqdorida to‘lovlar amalga oshirilgan.

Fuqarolar foydasiga undirilgan mablag‘lar bo‘yicha 5 mingdan ortiq shaxslar manfaatida jami 247,7 mlrd so‘m undirib berilgan. Shuningdan 6,4 mlrd so‘mi ish haqi qarzdorliklari, 241,3 mlrd so‘mi esa yetkazilgan zarar pulini tashkil etgan.

Hozirda Majburiy ijro byurosi Toshkent shahri bo‘yicha fuqarolar foydasiga 55 mingdan ziyod ish, jami 1,2 trln so‘mlik hamda yuridik shaxslar foydasiga 147 mingta ish, jami 4,8 trln so‘m hajmidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 17:45 09.11.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!