Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi bo‘ylab 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish bo‘yicha keyingi ishlar uchun yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib boriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» matbuot xizmati xabar berdi.
Shu sababli 10 noyabr kuni kech soat 00:00 dan 11 noyabr kuni soat 22:00 ga qadar Bobur ko‘chasining Seul ko‘chasi bilan kesishmasidan Bahodir ko‘chasigacha bo‘lgan qismida bir tomondan avtomobillar harakati cheklanadi.
«Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.