Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda "BMW" haydovchisi yo‘l chetida to‘xtab turgan "Isuzu"ga urildi

A A A
Toshkentda "BMW" haydovchisi yo‘l chetida to‘xtab turgan "Isuzu"ga urildi

Joriy yilning 16 fevral kuni soat 22:45larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 24-mavze hududida joylashgan «Maqsad» kafesi qarshisida, haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan R.R. "BMW" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvida bo‘lgan, yo‘l chetida to‘xtab turgan "Isuzu" rusumli yuk avtomobiliga urilib, YTH sodir etgan. 

To‘qnashuv natijasida, “BMW” rusumli avtomobil haydovchisi R.R. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 1990 yilda tug‘ilgan B.K. shifoxonaga olib ketilayotganda, 1994 yilda tug‘ilgan V.E. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:33 17.02.2021. O'qildi: 1856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!