Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi jarohatlandi

A A A
Toshkentda avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi jarohatlandi

Joriy yilning 1 fevral uni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Tashkent Land” guruhida 52-sonli avtobus haydovchisi avtobusni qo‘pol ravishda boshqarishi oqibatida yo‘lovchi ayol va uning qizi tan jarohati olganligi haqida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ quyidagilarini ma’lum qiladi:
1-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan saroy raqami 172-bo‘lgan 52-sonli avtobus haydovchisi A.Aning yo‘lovchi tashish qoidalarini buzganligi, o‘ziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqarib yo‘lovchilar avtobusga chiqib bo‘lmasidan avtobus eshiklarini yopishi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi( ayol va uning qizi) tan jarohati olganligi, o‘zining xizmat vazifasini suiste’mol qilganligi uchun, mazkur 52-sonli avtobus haydovchisi A.A bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzilariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lishlik, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi.

Kiritildi: 23:35 01.02.2024. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!