Toshkentda 9-qavatda joylashgan xonadonda yong‘in yuz berdi. FVB xabariga ko‘ra, yong‘in Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasu-4 mavzesida sodir bo‘lgan.
Hozirda voqea joyida FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa mas’ul idoralar ish olib bormoqda.
Qutqaruv ishlari davomida 5 nafar fuqaro evakuasiya qilindi, halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.