Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda 500 000 000 so‘m kredit olmoqchi bo‘lgan erkak pullaridan ayrildi

Toshkentda 500 000 000 so‘m kredit olmoqchi bo‘lgan erkak pullaridan ayrildi

Toshkent shahri. 2020 yilning dekabr oyida 39 yoshli Akmaljon YU., o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Yashnobod tumani Boyqo‘rg‘on MFY.,da joylashgan “Wunderkind” xususiy maktabi oldida tanishi 28 yoshli Sardor G., ga 5 000 000 000 so‘mlik imtiyozli kredit olishida yordam berishini, uning o‘zi bankka kerakli bo‘lgan hujjatlarni yig‘ib berishini va’da qilib, boshlang‘ich to‘lov sifatida 10 000 AQSh dollar pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan muqaddam sudlangan Akmaljon YU.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 14:17 12.04.2021. O'qildi: 3418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!