Ma’lumotlarga ko‘ra, u 26 aprel kuni Yashnobod tumanidagi uy liftida voyaga yetmagan qizning yelka va beliga teginib, shilqimlik qilgan.
Sudda erkak qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, yengilroq jazo so‘ragan. Sud qaroriga ko‘ra, unga MJTKning 41-1-moddasi 1-qismi asosida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.