Poytaxtda o‘tkazilayotgan kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlarida taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq holat aniqlandi.
Xususan, 9 avgust kuni Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari MONZA rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirganda haydovchi hamda yo‘lovchilarlarning ko‘rinishi va xatti-harakatlari ularda shubha uyg‘otgan.
Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina yo‘lovchisi — 1999 yilda tug‘ilgan qiz yonidan 2 dona shprisda noma’lum narkotik moddaga o‘xshash suyuqlik va 4 dona psixotrop dori vositasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar hamda aniqlangan moddalar Yashnobod tumani IIO FMBga topshirilgan.