Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda 25 yashar yigit yarim tunda yuk poyezdini to‘xtatdi

Toshkentda 25 yashar yigit yarim tunda yuk poyezdini to‘xtatdi

30 oktyabr kuni soat 00:43 da  Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida XTBga, “Angren-Obliq” temir yo‘l bekatlari oralig‘i 109-km., 9-to‘siqda “Angren-Chuqursoy” yo‘nalishidagi yuk poyezdi harakatlanib ketayotgan vaqtida havo magistral tormozini noma’lum shaxs tomonidan tortilishi sababli soat 00:27da to‘xtaganligi haqida xabar kelib tushdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, ushbu poyezdning havo magistral kranini yopib to‘xtatgan shaxs 1995 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati,  Angren shahar, Turkiston ko‘chasida yashovchi, X.F. ekanligi aniqlangan. Keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 15:34 31.10.2020. O'qildi: 3346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!