Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Toshkentda 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Bugun, 30 sentyabr kuni Toshkent noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 175 million so‘mlik jami 25 ming quti tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Bojxona xodimlari huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda OAV vakillari guvohligida kontrabanda mahsulotlarini maxsus pechlarda yoqib yubordi.

Toshkentda 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Noqonuniy tamaki mahsulotlari xorijda ishlab chiqarilgan bo‘lib, raqamli markirovka kodlariga ega emas va aksiz markalari bilan qadoqlanmagan. Yoqib yuborilgan mahsulotlar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan DXX xodimlari bilan birga Ohangaronda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil sifatida olingan. Ohangaron tuman sudi tomonidan ularni yo‘q qilish yuzasidan hukm o‘qilgan.

Toshkentda 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 oyi davomida bojxonachilar tomonidan jami 17,8 milliard so‘mlik 1 million 458 ming 736 dona tamaki mahsulotlari olib qo‘yilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan esa aybdor shaxslarga nisbatan 60 dan ortiq jinoiy va 175 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 23:55 30.09.2022. O'qildi: 2612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!