Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda 22 yoshli yigit otasi tengi odamning umriga zomin bo‘ldi

Toshkentda 22 yoshli yigit otasi tengi odamning umriga zomin bo‘ldi

2021 yil 22 iyul kuni taxminan soat 00.30 da Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan Xojiakbar L. ishonchnoma asosida “Matiz” (davlat raqami 01 L 697 SV) rusumli avtomobilni boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda – 1956 yilda tug‘ilgan Shavkat B.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 22:10 22.07.2021. O'qildi: 3402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!