Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda 21 yoshli yigit 4 nafar tengdoshiga pichoq urdi. Sababi ma’lum

Toshkentda 21 yoshli yigit 4 nafar tengdoshiga pichoq urdi. Sababi ma’lum

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida sudya Zoxiddin Nuriddinov raisligida qasddan badanga og‘ir, o‘rtacha og‘ir va yengil shikast yetkazgan 21 yoshli yigitga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

2002 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi ijtimoiy foydali mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasdan jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi qasddan badanga shikast yetkazishda ifodalangan jinoyatlarni sodir etgan.
Jumladan, u tungi soat taxminan 21:40 lar atrofida Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/4 dahasida joylashgan kiyim-kechaklar do‘koni oldida 2002 yilda tug‘ilgan tanishi (jabrlanuvchi) bilan kelib chiqgan kelishmovchilik natijasida o‘zaro janjallashishadi. Janjal natijsida tanishi sudlanuvchini qo‘lining musht qismi bilan urganligi sababli o‘zaro mushtlashib ketishgan. Mushtlashuv vaqtida o‘tkir tig‘li jism ya’ni, pichoqdan foydalanib, tanishining tanasini turli joylariga tan jaroxati yetkazgan, hamda u bilan birga kelgan 1999 va 2001 yilda tug‘ilgan fuqarolarning ham tanlarining turli qismlariga pichoq bilan jaroxat yetkazgan. Shu vaqtda ularni ajratishga uringan fuqaroni qo‘liga pichoq bilan tan jaroxati yetkazgan va hodisa joyidan yashirinib, ashyoviy dalil hisoblangan pichoqni yo‘q qilish maqsadida Olmazor tumani Q/Q daxasidan oqib o‘tuvchi “Achchi” kanaliga tashlab yuborgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, birinchi jabrlanuvchi OG‘IR, ikkinchi jabrlanuvchi O‘RTACHA OG‘IR, uchinchi va to‘rtinchi jabrlanuvchilar esa YENGIL tan jaroxatlari olgan. Ya’ni:
1. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi ko‘krak qafasi o‘ng tomon qo‘ltiq osti orqa chizig‘i bo‘ylab ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘iga teshib kirgan o‘ng o‘pka bo‘lagi va diafragmani teshib o‘tib, jigar usti tanasini teshib kiruvchi sanchilgan kesilgan yarasi, ko‘krak qafasi o‘ng tomon o‘rta umrov chizig‘i bo‘ylab va qoltiq osti oldi chizig‘ibo‘ylab sanchilgan kesilgan yaralari, o‘ng tomonlama gematoraks, gemoperitoneum, postgemarogik shok 3 darajasi kabi tan jaroxatlari olgan. Ushbu tan jaroxatlari yetkazilgan vaqtda hayot uchun xavfli hisoblanishi va shu belgisiga ko‘ra OG‘IR tan jaroxatlari turkumiga kirishi aniqlangan.

2. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchida chap bilak yuqori uchligi soxasi sanchilgan kesilgan yarasi, 3-4-5 barmoqlar yozuvchi muskullar va kaftning uzun va kalta yozuvchi muskullari to‘liq uzilishi, chap bilak muskullararo teri osti gematomasi kabi tan jaroxatlari olganligi, ushbu tan jaroxatlari sog‘liqni uzoq, 21 kundan ko‘p bo‘lgan muddatga buzilishiga olib kelishi va shu belgisiga ko‘ra O‘RTACHA OG‘IR tan jaroxatlari turkumiga kirishi aniqlangan.

3. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, 2001 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchida ko‘krak qafasi oldi tana o‘rta chizig‘idan biroz o‘ng tomonda sanchilgan-kesilgan tikilgan yarasi kabi tanjaroxatlari, ushbu tan jaroxatlari sog‘liqni qisqa, yani 6-kundan ko‘p ammo 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzilishiga olib kelishi va shu belgisiga ko‘ra YENGIL tan jaroxatlari turkumiga kirishi aniqlangan.

4. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, janjallashayotganlarni ajratishga uringan jabrlanuvchi esa o‘ng qo‘l bilak oldi yuzasi pastki uchligidan kesilgan tikilgan yarasi kabi tanjaroxatlari, ushbu tan jaroxatlari sog‘liqni qisqa, yani 6-kundan ko‘p, ammo 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzilishiga olib kelishi va shu belgisiga ko‘ra YENGIL tan jaroxatlari turkumiga kirishi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan sudlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan sudlanuvchi ayblovga TO‘LIQ IQRORligini bildirdi.

JIB Olmazor tuman sudining hukmi bilan JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismining “l” bandi, 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismining “v, m” bandlari, 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan yigit 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

Kiritildi: 10:07 26.01.2023. O'qildi: 3202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!