Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha olindi

Toshkentda 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha olindi

Toshkentda 135 dona magnit sharchalarini yutib yuborgan ikki yoshli qizaloq operasiya qilingani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qizaloq magnit sharchalar bilan o‘ynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt o‘tishi bilan sharchalar qornida yig‘ilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan.

Qizchaning ota-onasi zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialiga murojaat qilgan. Tekshiruvlar o‘tkazilganida qorinning ikki yonida magnitlar yig‘ilib qolgani aniqlangan.

Shifokorlar konservativ usulda davolashga kirishib, qayd qildirish orqali sharchalardan 14 donasini chiqarib olgan, ammo qolgan magnit sharchalar ichkarida qolib ketgan.

Ota-ona bolani Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelgan. Bu yerda go‘dak yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazilgach, jarrohlik amaliyoti boshlab yuborildi.

To‘rt yarim soat davom etgan murakkab operasiyada shifokorlar sa’y-harakati bilan qizaloq qornidagi 135 ta magnit sharchalar olingan.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!