Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda 19 yoshli jizzaxlik qizni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 22 yoshli yigit qamaldi

Toshkentda 19 yoshli jizzaxlik qizni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 22 yoshli yigit qamaldi

Butun respublika bo‘ylab shaharlardagi harakat tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga pasaytirilgani bejiz emas. Sababi yo‘llardagi transport hodisalari va buning oqibatida vafot etayotganlar soni ortib bormoqda. Huddi shunday holat yana poytaxtda kuzatildi.

Jizzaxdan Toshkentga o‘qish uchun kelgan 19 yoshli qiz piyodalar yo‘lidan o‘tayotganida uni 22 yoshli yigit ehtiyosizligi sabab urib yuborgan. Yigit shu zahoti qizni o‘z mashinasida shifoxonaga olib borgan va shifoxonadan chiqgunigacha moddiy ta’minlab turgan.

Sud hujjatlarida aytilishicha, qiz 45 kun koma holatida bo‘lgan. So‘ng ahvoli biroz yaxshilanib, uyiga kelgan. Ammo 2022 yil 2 dekabr kuni qiz o‘z uyida Jizzaxda vafot etgan. Bunga o‘sha avariya sabab qilib ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxsga oid ish ko‘rib chiqilib, sudlanuvchi 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kiritildi: 10:30 30.03.2023. O'qildi: 1854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!