Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda 19 yil muqaddam ayolga 60 dan ortiq pichoq urib o‘ldirgan harbiy qamaldi

A A A
Toshkentda 19 yil muqaddam ayolga 60 dan ortiq pichoq urib o‘ldirgan harbiy qamaldi

Toshkentda 43 yoshli fuqaro 19 yil avval sodir etgan jinoyati uchun 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatiga tayanib UzNews xabar berdi.

Ish materiallariga ko‘ra, bundan 19 yil avval Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan harbiy qismda stansiya boshlig‘i bo‘lib ishlagan sudlanuvchi 24 yoshli R.M. Toshkent shahridagi kafelarning birida 19 yoshli D.B. (ayol) bilan tanishib qolgan va u bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ular o‘zaro jinsiy munosabatda bo‘lganidan keyin erkakda o‘tkir bakterial uretrit va gjnoreya kasalligi borligi aniqlangan.

Shunga qaramay, u D.B. bilan yaqin munosabatlarini davom ettirib, kunlarning birida erkak ayoldan kasallik yuqtirib olganini aytgan va unga xizmati uchun 200 ming so‘m pul berishdan bosh tortgan, natijada ular o‘rtasida nizo kelib chiqqan.

Erkak ayolning haqoratli va behayo so‘zlariga chiday olmay, pichoq bilan uning yuziga, butun tanasiga ura boshlagan. Erkak ayolning tanasiga pichoq bilan jami 61 marotaba zarba bergan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi 2-qismi "j" bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topildi va unga shu modda bilan bilan 17 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 10:40 14.06.2024. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!