Poytaxtda yozgi mavsumda yong‘in xavfini kamaytirish maqsadida qator cheklovlar va nazorat choralari kuchaytirilmoqda.
Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Soat 11:00 dan 17:00 gacha yonilg‘i quyish shoxobchalarida yirik tonnajli transport vositalariga yonilg‘ini tashish, to‘kish va quyish ishlariga cheklov joriy etiladi.
Mahallalar, bozorlar va ko‘p qavatli uylarda yong‘in xavfsizligi nazorati kuchaytirilib, maxsus texnikalar harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar olib tashlanadi.