Ular “Zamin Avto Karavan” MCHJ nomi orqali yillik 10 foiz ustama bilan mashina olib berishni va’da qilgan va pullarni o‘zlashtirgan.
Toshkentda odamlarning milliardlab pulini o‘zlashtirgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi

Toshkentda bir guruh shaxslar tomonidan 2023 yil davomida “Zamin Avto Karavan” MCHJ nomi orqali o‘nlab fuqarolardan katta miqdorda pullar olib, avtomashina yetkazib berish va’dasi bilan firibgarlik sodir etilgani aniqlandi. Bu haqda Yakkasaroy tuman sudining 20 noyabrda e’lon qilingan hukmida gap boradi. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.
Ma’lum bo‘lishicha, jinoiy guruhga “AVD Group” rahbari A.J. boshchilik qilgan. U S.X, E.O., U.A., G‘. S. va N. O‘ kabi shaxslar bilan oldindan til biriktirib, fuqarolarga yillik 10% ustama bilan “Damas”, “Lacetti-Gentra”, “Cobalt” kabi avtomobillarni 60 bank kuni ichida uzoq muddatli kredit evaziga yetkazib berishni va’da qilgan.
Ammo olingan katta miqdordagi avans mablag‘lari maqsadli sarflanmagan: pullar bank kartalariga o‘tkazilib, naqdlashtirilgan va shaxsiy ehtiyojlarga yo‘naltirib yuborilgani aniqlangan. Sud hujjatida qayd etilishicha, jami 89 holatda fuqarolardan 45 mlrd so‘mga yaqin pul yig‘ib olingan va talon-toroj etilgan. Fuqarolardan olingan mablag‘lar 30 mln so‘mdan 105 mln so‘mgacha bo‘lgan malbag‘larni tashkil etadi. Ayrim hollarda 70–100 mln so‘mlik shartnomalar rasmiylashtirilgan, biroq avtomashinalar esa yetkazilmagan.