Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent xalqaro aeroportida 100 mln so‘mlik noqonuniy tilla bo‘laklarini olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

A A A
Toshkent xalqaro aeroportida 100 mln so‘mlik noqonuniy tilla bo‘laklarini olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 17 iyul kuni soat 8:45 atrofida “Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroporti” chegara-bojxona xodimlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda «Toshkent-Deli» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga tegishli bo‘lgan 1 dona qora rangli qo‘l sumkasi tekshirilgan. Bu haqda «Toshkent-AERO» IBK Axborot xizmatiga tayanib, UzNews.uz xabar qildi.

Natijada sumka ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, olib chiqish me’yoridan ortiq bo‘lgan taxminiy qiymati 100 mln so‘mlik, umumiy og‘irligi taxminan 99 gramm bo‘lgan jami 4 dona sariq rangli metalldan yasalgan dumaloq shakldagi quyma metall bo‘laklari borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:12 20.07.2024. O'qildi: 1019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!