Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

"Toshkent" xalqaro aeroporti"da O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

A A A
"Toshkent" xalqaro aeroporti"da O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Bu haqda "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 17 sentyabr kuni "Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroporti" chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan "Ekaterinburg-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning 1 dona yashil rangli yo‘l sumkasi tegishli tartibda tekshirildi.

Natijada sumka ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona "STALKER" pnevmatik to‘pponchasi hamda 860 dona o‘qlar borligi aniqlandi.

Kiritildi: 13:20 17.09.2024. O'qildi: 1057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!