Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublikada aholiga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz ta’minotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni ta’mirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, iste’molchilarga gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatilmoqda.
Xususan, 2019 yil 29 oktyabr kuni, Toshkent, Zangiota va Qibray tumanlari hududidagi jami 46328 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha, Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi jami 1100 ta aholi xonadonlarida soat 10:00 dan 17:00 ga qadar, 2019 yil 31 oktyabr kuni Piskent tumani, «Furqat» massivi hududidagi 6-ko‘p qavatli uydagi jami 16 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
«Hududgazta’minot» kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.