Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatidagi yirik temiryo‘l chorrahalariga fotofiksasiya uskunalari o‘rnatiladi

A A A
Toshkent viloyatidagi yirik temiryo‘l chorrahalariga fotofiksasiya uskunalari o‘rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 9ta temiryo‘l chorrahasida foto- va videofiksasiya qurilmalari o‘rnatiladi. Bunda aholi gavjumligi, asosiy chorraha ekani, tezyurar elektropoyezd harakatlanishi e’tiborga olinadi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB KUN.UZ’ga ma’lum qildi. Shu munosabat bilan YHXB boshlig‘i polkovnik Shavkat Umarov va Boshqarmaning yo‘l harakatini tashkil etishni nazorat etish bo‘limi boshlig‘i mayor Erkin Rahmonberdiyev Rossiyaga xizmat safari chog‘ida ayni shu masalada rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlik qilish masalalarini o‘rganishdi. 

Ushbu xizmat safaridan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri Toshkent viloyati hududida “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi harakatlanadigan 9 ta temiryo‘l kesishmalarida sodir etilayotgan qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd qiluvchi maxsus foto va video texnikalarini o‘rnatish hamda ularni onlayn rejimida haydovchilarga yuborish tizimini yo‘lga qo‘yishdir.

Shuningdek, kelgusida shahar-tuman markazlaridagi aholi gavjum joylar, bozorlar, parklar, avtoshohbekatlar, bosh bekatlar, ko‘ngilochar maskanlar atrofida sodir etilayotgan qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd qiluvchi foto va videotexnikalarni o‘rnatish ishlari ham rejalashtirilgan.

kun.uz

Kiritildi: 17:18 06.06.2018. O'qildi: 1814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!