Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatidagi bog‘cha davlatga 1 mlrd so‘m zarar keltirdi

Toshkent viloyatidagi bog‘cha davlatga 1 mlrd so‘m zarar keltirdi

Toshkent viloyatining Bekobod tumani, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Bekobod tumanida joylashgan “S.D.” MCHJ rahbari A.G. “G.F.” xususiy bog‘cha binosida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan. Natijada jami 1 mlrd 83 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida “A.S.”, “O.O.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslari va elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulagan.

Oqibatda jami 439,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:08. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!