Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida YPX mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkent viloyatida YPX mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli patrul avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Viloyat IIBB YHXB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 23 iyul kuni soat 05:00 larda Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 39-kilometrida «Gentra» va «Cobalt» rusumli transport vositalari ishtirokida YTH yuz bergan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga YHXX xodimlari «Lacetti» rusumli xizmat avtomobilida yetib borib, YTHni rasmiylashtirish va ushbu joyda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida patrul avtomobilini mayoqlarini yoqqan holda qatnov qismining o‘ng bo‘lagiga joylashtirgan.

Shundan so‘ng, 2001 yilda tug‘ilgan R.A. «HOWO» rusumli yuk avtomobilini «Toshkent-Olmaliq» yo‘nalishida boshqarib kelib, tajribasizligi hamda e’tiborsizligi tufayli «Lacetti» rusumli patrul avtomobilini yon qismiga borib urilgan.

YHXB xabariga ko‘ra, har ikkala holatda ham harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda ikkala yo‘l-transport hodisalari yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:25 23.07.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!