Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida yana bir «Yangi O‘zbekiston bog‘i» quriladi

A A A
Toshkent viloyatida yana bir «Yangi O‘zbekiston bog‘i» quriladi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Nurafshon shahar hududida «Yangi O‘zbekiston bog‘i» qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Nurafshon shahar «Yangiobod» MFY «Nurafshon biznes city» hududidagi 22,28 gektar yer maydoni «Yangi O‘zbekiston bog‘i» qurilishi uchun bosh rejaga asosan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Biznes markazlarni qurish direksiyasi» davlat unitar korxonasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

Buyurtmachi Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Biznes markazlarni qurish direksiyasi» DUKga

  • Davlat xizmatlari markazi orqali arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqish uchun buyurtmalar beradi hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash uchun lisenziyaga ega loyiha tashkiloti bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzadi;
  • loyihalash uchun yer osti muhandislik inshootlarining ijro surati tushirilgan 1:500 nisbatdagi topografik xarita va geologik xulosa ishlab chiqish uchun lisenziyaga ega korxonasiga buyurtma beradi;
  • Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasiga xabarnoma yuboradi.

Shuningdek, unga mazkur hududda joylashgan muxandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlari o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olish vazifalari yuklatilgan.

Qaror bilan viloyat qurilish bosh boshqarmasiga qurilish loyiha hujjatarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishiga amaliy yordam berish vazifasi yuklatilgan.

Kiritildi: 11:18 08.08.2022. O'qildi: 3110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!