Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida xorijdan olib kelingan sintetik narkotik moddalar fosh etildi

A A A
Toshkent viloyatida xorijdan olib kelingan sintetik narkotik moddalar fosh etildi

Toshkent shahrida yashovchi, 1993 y.t., muqaddam sudlangan, hozirda probasiya hisobida turgan shaxs va uning 1995 y.t. sherigi Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan dala maydonidagi xufiya joydan 2 kg 381 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini olib, ortga qaytayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bojxona organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, ushbu sintetik narkotik modda “Telegram” messenjeridagi internet narkodo‘kon a’zolari tomonidan Rossiya Federasiyasidan mamlakatimizga olib kelingan.

Boshqa holatda esa Yangiyo‘l shahrida faoliyat yurituvchi tijorat banklaridan birining 2 nafar mutaxassisi muqaddam narkokur’erlar Yangiyo‘l tumanidagi dala maydoniga yashirib ketgan 485 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olib, o‘zlarining 1998 y.t. tanishining xonadonida saqlayotganliklari aniqlandi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ulardan ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!