"Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik reydlari davomida O‘rta Chirchiq tumanida YPX inspektori tomonidan transport vositasini mast holda boshqargan haydovchi aniqlandi.
👮♂️ Tekshiruv jarayonida haydovchi alkotester orqali sinovdan o‘tkazildi. Uning og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lari konsentrasiyasi 0,387 mg/l ni tashkil etdi.
✅ Ma’lumot uchun: me’yoriy chegara — 0,135 mg/l, undan yuqori holatda haydovchi mast deb hisoblanadi.
⚖️ Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ish sud organlariga yuborildi. Haydovchini 3 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilish jazosi kutmoqda.