Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatida sifatsiz qurilayotgan ko‘p qavatli binoda ish to‘xtatildi

A A A
Toshkent viloyatida sifatsiz qurilayotgan ko‘p qavatli binoda ish to‘xtatildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri Kamolot ko‘chasidagi 8 qavatli, 48 xonadonga mo‘ljallangan binoning qurilish-montaj ishlari qurilish talablariga zid ravishda amalga oshirilgani aniqlandi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining xabar berishicha, Yangiyo‘l shahri Kamolot ko‘chasidagi ko‘p qavatli turarjoy binosi sifatsiz qurilayotgani aniqlangan va unda olib borilayotgan qurilish ishlari to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, qurilayotgan ko‘p qavatli binong ajratma devorlarida g‘isht terish ishlari belgilangan me’yorlar asosida terilmagan. Bundan tashqari, g‘isht terish mobaynida qurilish setkalari ishlatilmagan. Bu esa ob’ektda texnik va ichki nazorat ishlamaganini ko‘rsatadi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilgan va ular ma’muriy jarimaga tortilishi belgilangan. Bino texnik tekshiruvdan o‘tkazilgunga qadar qurilish ishlari to‘xtatilgan.

Kiritildi: 12:12 07.11.2024. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!