Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida qo‘y podasini urib yuborgan Spark yonib ketdi

Toshkent viloyatida qo‘y podasini urib yuborgan Spark yonib ketdi

19 oktyabr kuni soat taxminan 05:00 atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan D 017 "Olmaliq-Toshkent" avtomobil yo‘lining 17-kilometrida YTH yuz bergan.

Ma’lum qilinishicha, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi D.SH. “Spark” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida qatnov qismida bo‘lgan 22 bosh qo‘yni urib yuborgan.

Haydovchi transport vositasini to‘xtatib, tushganidan so‘ng, avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan.

"Hodisa oqibatida haydovchini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov to‘liq yonib ketgan va 22 bosh qo‘y nobud bo‘lgan", deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:07 19.10.2024. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!