Bugun 19 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda keliniga shilqimlik qilgan qaynota 5 sutkaga qamaldi

Surxondaryoda keliniga shilqimlik qilgan qaynota 5 sutkaga qamaldi

2024 yil 18 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudida MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar holati yuzasidan to‘plangan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 27 avgust kuni soat 06:30 atrofida X.M.(erkak) Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan yashash uyida kelini X.X.ni bilagidan ushlab, unga tegajog‘lik qilib shahvoniy shilqimlik qilgan.

Sudda so‘ralgan huquqbuzar X.M. aybiga iqrorlik bildirib, 2024 yil 27 avgust kuni soat 06:30 atrofida u ayolining mehmondorchilikka ketganligidan foydalanib, kelini X.X.ga shilqimlik qilganligini, u X.X.ni sinamoqchi bo‘lganligini, u qilgan ishidan pushaymonligini, bu holat boshqa takrorlanmasligiga va’da berishligini, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘rab ko‘rsatuv bergan.

Sudda so‘ralgan jabrlanuvchi X.X. o‘z ko‘rsatuvida, qaynotasi X.M. qo‘lidan ushlab unga shilqimlik qilganligini, o‘sha vaqtda uyda hech kim bo‘lmaganligini, u X.M.ga yana shu qilig‘ingizni boshladingizmi deb aytganligini, bu holat X.M. tomonidan birinchi marta sodir bo‘lmayotganligini, ilgari ham X.M. unga shilqimlik qilganligini, qaynonasi G. mehmondorchilikka ketsa X.M. shilqimlik kilib boshlashligini, u X.M.ni kechirmasligini va suddan X.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ko‘rsatuv bergan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi X.M. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!