Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Nazarbekda bir erkak mast xolda, ko‘chada pichoq bilan yurgani haqida video xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB ma’lumot berdi.
Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olinib, videoda ko‘rinish bergan shaxs tezkor ravishda IIO xodimlari tomonidan ushlanib, zararsizlantirilgan.
Qayd etilishicha, u jarayonda hech kimni jarohatlamagan, atrofdagi fuqarolarga zarar yetmagan. Mast xolda sodir etgan xatti-harakatlari uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishildi.