Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent viloyatida issiqlik va issiq suv narxi oshadi

Toshkent viloyatida issiqlik va issiq suv narxi oshadi

2025 yil 1 fevraldan boshlab Toshkent viloyati bo‘ylab markazlashgan issiqlik ta’minoti va issiq suv narxi o‘zgaradi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida ma’lum qilingan.

Jumladan, Toshkent viloyati "Issiqlik manbai" boshqarmasida aholi uchun amaldagi 1 Gkal issiqlik narxi 81 312 so‘mni tashkil etadi. Bu narx fevraldan 93 464 so‘mgacha oshadi (QQS bilan).Byudjet tashkilotlari uchun miqdor 140 ming so‘mdan 560 ming so‘mgacha qimmatlaydi. Ulgurji iste’molchilar uchun esa 358 400 so‘mgacha ko‘tariladi.

Issiq suv narxi 1 metr kub uchun 5144 so‘mni tashkil etadi.

Toshkent viloyatida issiqlik va issiq suv narxi oshadi

"Angren issiqlik energiyasi" DUKda narxlar aholi uchun 81 312 so‘mdan 93,5 ming so‘mgacha oshadi. Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun narx 493 ming so‘mga ko‘tariladi. Issiq suv narxi 6078 so‘mga oshadi.

Toshkent viloyatida issiqlik va issiq suv narxi oshadi

Toshkent viloyatida issiqlik va issiq suv narxi oshadi

Nisbatan arzon narxlar "Olmaliq issiqlik manbai" MCHJ tomonidan taklif etilmoqda. Bu yerda 1 Gkal issiqlik narxi byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 274-280 ming so‘mni tashkil etadi. Aholi uchun esa miqdor 100 800 so‘mgacha oshadi.

Toshkent viloyatida issiqlik va issiq suv narxi oshadi

Dekabr oyida viloyatda chiqindi tariflari ham oshgandi.

Kiritildi: 11:33 08.01.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!