Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatida 60 yoshli erkak 6 yoshli qo‘shnisiga uyatsiz-buzuq harakatlar qildi

Toshkent viloyatida 60 yoshli erkak 6 yoshli qo‘shnisiga uyatsiz-buzuq harakatlar qildi

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 60 yoshli erkak 6 yoshli qo‘shnisiga uyatsiz-buzuq harakatlar qildi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollariga murojaat qilgan Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro Y.N.ning murojaati kelib tushdi. Unda aytilishicha, joriy yilning 11 iyun kuni qo‘shnisi, 1964 yilda tug‘ilgan S.SH. 2018 yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat bolalar ombudsmani nazoratiga olindi. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. 19 iyun kuni Nurafshon shahar IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan S.SH.ga Jinoyat kodeksi 129-moddasi 2-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bugun, 20 iyun kuni sudga S.SH.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma kiritildi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan mazkur jinoyat ishi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida kuzatuvni davom ettiradi.

Kiritildi: 19:10 20.06.2024. O'qildi: 1286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!