Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatida 260 gektar maydonni to‘rt yuz ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

A A A
Toshkent viloyatida 260 gektar maydonni to‘rt yuz ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Gumonlanuvchi hujjatlarni kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali pul evaziga tayyorlab berishga va’da bergan.

IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik va pora berishga oid jinoyatlarni fosh etishdi

Joriy yilning 29 aprel kuni Zangiota tumanida hamkorlikdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

1985 yilda tug‘ilgan «Chirchiq shag‘al saralash» MCHJ direktori, 1981 yilda tug‘ilgan, fuqaroga Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, hududida g‘allachilik-chorvachilik yo‘nalishida ajratilgan 260 gektar bo‘sh yer maydonini 400.000 AQSh dollariga sotishga kelishgan.

Ushbu shaxs hujjatlarini kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali pul evaziga tayyorlab berishga va’da qilib, oldindan bo‘nak tariqasida 40.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Gumonlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 224-moddasi tartibida ushlanib, holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamentining Zangiota tumani bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:51 03.05.2024. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!