FVV ma’lumotiga ko‘ra, kecha «112» raqami orqali Bo‘stonliq tumanidagi «Chinorkent» tog‘larida bir erkak adashib qolgani va qutqaruvchilar yordami kerakligi haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng aytilgan manzilga Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining qidiruv-qutqaruv guruhi yetib borgan.
Adashib qolgan fuqaro qutqaruvchilar tomonidan topilib, xavfsiz hududga evakuasiya qilingan.