"Mujtabo Xominaiyning rahbar sifatida faoliyat yuritish qobiliyati borasidagi shubhalar uning uzoq vaqt jamoatchilik oldida ko‘rinmagani sababli paydo bo‘lgandi. Kichik Xominaiy AQSh va Isroilning harbiy amaliyoti boshlanganidan beri omma oldida chiqish qilmagan", deya yozmoqda nashr.
AQSh va Isroil maxsus xizmatlari Mujtabo Xominaiy Navro‘z bayrami munosabati bilan otasi Ali Xominaiy kabi an’anaviy video murojaat bilan chiqishini kutgan edi, biroq yakunda faqat uning nomidan yozma bayonot e’lon qilindi.
Axios manbalariga ko‘ra, Eron rasmiylari Mujtabo Xominaiy bilan uchrashuvlar tashkil etishga harakat qilgan, ammo xavfsizlik choralariga ko‘ra ular amalga oshmagan.
Bundan tashqari, nashrning yozishicha, AQSh razvedkasi Eronning amaldagi rejimi yaqin orada qulashiga oid belgilarni ko‘rmayapti.