Pentagon Eronga qarshi turli xil mumkin bo‘lgan choralarni, jumladan, Amerika qo‘shinlaridan foydalanish ssenariylarini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, Pentagon AQSh prezidenti Donald Tramp uchun oldindan barcha mumkin bo‘lgan yechimlarni tayyorlashga majburdir.
"Men Pentagon barcha ssenariylarni rejalashtirishini to‘liq kutaman. Ular prezidentga o‘qitilgan, jangovar tayyorgarlikka ega va yaxshi jihozlangan askarlar, dengizchilar, havo kuchlari va dengiz piyodalari bilan variantlarni taqdim etadilar, toki u bizning maqsadlarimizga erishish uchun zarur deb hisoblaganlarini tanlashi mumkin bo‘lsin", dedi Uolts AQSh qo‘shinlarini Eronga joylashtirish ehtimoli haqidagi savolga javoban.
Shu bilan birga, diplomat Pentagon tomonidan harbiy rejalashtirishda noto‘g‘ri hisob-kitoblar qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi va bunday nashrlarni "soxta CNN xabarlari" deb atadi.
Uols shuningdek, AQSh Markaziy qo‘mondonligi ko‘p yillar davomida shunga o‘xshash ssenariylar ustida ishlayotganini ta’kidladi.