Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Isroil shaharlariga zarba berdi

Eron Isroil shaharlariga zarba berdi

Eron 21 mart kuni kechqurun Isroilning Dimona va Arad shaharlariga raketa zarbalari berdi.

Hujumlar oqibatida 100 dan ortiq kishi jarohatlandi, ayrimlarining ahvoli og‘ir.

Arad shahrida turar joy binolari vayron bo‘lib, shahar markaziga jiddiy zarar yetgan. Dimonada ham turar joylarga zarba tushib, o‘nlab insonlar yaralangan.

Hozircha halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Hujumlar sabab maktablarda darslar qisman bekor qilindi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bu voqeani “og‘ir kecha” deb baholab, javob zarbalari davom etishini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 17:43. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!